Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston: inqilob va jahon urushlari limiti tugadi
Insoniyat o‘zining “inqilob va jahon urushlari limiti”ni tugatib bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov BMT Xavfsizlik Kengashi ochiq bahslaridagi ishtirok chog‘ida aytib o‘tdi.
“BMT mavjudligining 70 yili davomida biz inqilob va jahon urushlari limitini tugatdik, bugun bizning donoligimiz tinchlik va xavfsizlik ishiga xizmat qilmog‘i darkor, - dedi u. – Arab bahori shuni isbotladiki, inqiloblar insoniy salohiyat rivojlanishiga faqat to‘sqinlik qiladi va jamiyatimizni orqaga uloqtirib tashlaydi, shuningdek, xalqaro munosabatlarni murakkablashtiradi”.