Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» muxlislari Shvetsiyada ommaviy mushtlashuv keltirib chiqarishdi
«Real» jamoasi muxlislari va Shvetsiyaning «Malmyo» jamoasi fanatlari o‘rtasida jamoalarning o‘zaro o‘yini arafasida mushtlashuv sodir bo‘lgan. Bu haqda AS xabar bergan.
Bu mushtlashuvda ispaniyaliklarning 50 nafar vakili mahalliy muxlislarning yirik guruhiga qarshi to‘qnashgan.
Xabarda aytilishicha, bu mushtlashuv davomida ispaniyaliklar bitalardan foydalanishgan. Ushbu janjal politsiya tomonidan to‘xtatilgan va 20 nafar ishtirokchi hibsga olingan. To‘qnashuvda jarohatlanganlardan biri ayni vaqtda shifoxonaga yotqizilgan.
Eslatib o‘tamiz, 30 sentabr kuni YeChL doirasida «Malmyo» «Real»ni qabul qildi va 0:2 hisobida mag‘lub qildi.
Ayni vaqtda «Real» o‘z guruhida 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Guruhdagi yana bir favorit «PSJ» hisobida ham 6 ochko mavjud. «Malmyo» va «Shaxtyor»da ochko yo‘q.
