18:46 / 01.10.2015
6118

Rio Ferdinand: Ronaldu "MYu"ga kelganida sirkdagi toychoqqa o‘xshar edi

"Manchester Yunayted" jamoasining sobiq futbolchisi Rio Ferdinand o‘zining sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronalduning futbolchi sifatida kuchayish bosqichlari haqida hikoya qildi.

"U Manchesterga kelganida sirk toychog‘ini eslatardi. U o‘z mahoratini qayta-qayta namoyish qilishga urinar, o‘zi biladigan fintlarni ko‘rsatib, ba'zida buni oshirib yuborar edi.
O‘shanda u kuchli futbolchiga aylanishi uchun bir o‘zining imkoniyatlari yetarli bo‘lmasligi, faqat gol urishni bilish yetarli emasligi, u jamoaviy futbolni ham o‘rganishi zarurligi haqida o‘ylaganman.
Uning o‘zi buni tushunib yetdi va o‘z ustida ishlay boshladi. Shundan so‘ng u mavsumdan mavsumga kuchayib bordi", deydi u Goal.com nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu kecha YeChL guruh bosqichida "Malmyo"ga qarshi kechgan uchrashuvda 2ta gol urdi va o‘z faoliyatidagi 500- va 501 gollarini nishonladi.

Uni bu natijasi uchun sobiq jamoasi "MYu" rasman tabrikladi.

Shuningdek, u bu natijasi orqali "Real" tarixidagi eng ko‘p gol urgan (324ta gol) futbolchiga aylandi.

Top