Jahon | 20:11 / 01.10.2015
5654
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiyadagi masjid ikki marta talon qilindi

Saudiya Arabistonidagi masjidlardan biriga ikki marta talonchilar bostirib kirdi, deb xabar beradi Emirates247 nashri.

Aytilishicha, yarim tunda talonchilar u yerga bostirib kirib, u yerdagi oziq-ovqatga to‘la muzlatkichni bo‘shatib ketishdi.

Ta'kidlanishicha, Burayda shahridagi ushbu masjidga ikkinchi bor o‘g‘rilar tushishidir. Jinoyatchilar masjidlar eshiklari har doim ochiq bo‘lishidan foydalanib qolmoqda.
“Bu o‘g‘rilar axloqqa ega emas, ular muqaddas joyga mo‘minlar tomonidan taqdim etilgan narsalarni o‘g‘irlamoqda”, - dedi masjid xodimi Sabq gazetasiga bergan intervyusida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish