20:01 / 01.10.2015
5828

Suriya elchisi: Rossiya Suriya bergan koordinatlar bo‘yicha havo zarbalarini amalga oshirdi

Suriyaning Moskvadagi elchisi Riyoz Haddodning aytishicha, rus samolyotlari Suriya armiyasi taqdim etgan koordinatlar bo‘yicha havo zarbalari bergan.

Elchining aytishicha, berilgan koordinatlarning barchasi aholi istiqomat qiladigan hududlardan yiroqda bo‘lgan.

"Hozirda havo zarbalari jangarilar joylashgan nuqtalar bo‘ylab berilmoqda. Bu nuqtalar tinch aholi vakillari istiqomat qiladigan qishloqlar va kvartallar yaqinida emas", deydi Riyoz Haddod.

Bundan oldinroq, elchi Rossiya Harbiy-havo kuchlari tomonidan 1 oktabr kuni IShIDning 5ta pozitsiyasi yo‘q qilingani haqida xabar bergandi.

Top