Jamiyat | 20:40 / 01.10.2015
6548
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda kadastr xodimi 800 dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Toshkentda kadastr xodimi 800 dollar pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, 2015 yilning mart oyida fuqaro Dilmurod Kabirov Shayxontohur tumanida joylashgan uyiga tuman hokimining egalik huquqini belgilash haqida qaror chiqarilishi va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish maqsadida mazkur xizmat bilan shug‘ullanuvchi idora bo‘limiga kelgan. U yerda muhandis lavozimida ishlab kelayotgan Nurmat Habibov xizmatlari evaziga dastlab ming dollar so‘ragan, so‘ng “narxini” 800 dollarga tushirgan.
Dilmurod Kabirov amaldorga 200 dollar tashlab ketgan, lekin vaqt o‘tishi bilan xatosini tushunib yetgan va tegishli idoralarga murojaat qilgan. Natijada poraxo‘r undan 600 dollar olayotgan chog‘da qo‘lga olindi.

Shunday bo‘lsa-da, sud ko‘plab omillarni inobatga olgan holda jarima jazosi bilan cheklanishga qaror qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish