20:29 / 01.10.2015
6403

Toshkentlik qiz telefonini tortib olgan yigitini sudga berdi

Toshkentlik qiz telefonini tortib olgan yigitini sudga berdi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, 1987 yilda tug‘ilgan Turg‘un Olimov va Lola Rahimovalar 2004 yildan buyon tanish bo‘lib, uzoq yillar sevishib kelishgan. Ammo oxirgi paytlarda qizning qulog‘iga Olimovning xiyonati haqidagi xabarlar chalina boshlagan.

Bir kuni Rahimova Olimovni xiyonatda ayblay boshlagan. Yigit o‘zining aybsiz ekanligini isbotlash uchun qizga telefonini tekshirib ko‘rishni taklif qilgan. Qiz uning Nokia rusumli telefonini olib, mashinasini ichdan qulflab olgan va tekshira boshlagan. Bundan jahli chiqqan Olimov mashina oynasini sindirib, Rahimovaning 500 ming so‘mlik Samsung Galaxy S3 smartfonini olib qo‘ygan va, qiz undan telefonni qaytarishni talab qilganiga qaramay, voqea joyini tark etgan.

Lola Rahimova yigiti ustidan tegishli idoralarga arz qildi. Buning natijasida Turg‘un Olimov talonchilikda va kuch ishlatishda ayblanib sud qilindi.

Top