Jamiyat | 15:18 / 01.10.2015
12956
10 daqiqa o‘qiladi

“Profi Education” eng mashaqqatli va sharafli kasb egalarini tabrikladi

“Profi Education” abituriyentlar maktabi dunyodagi eng sharafli va o‘z o‘rnida mashaqqatli kasb egalari – o‘qituvchi va murabbiylarni chin dildan muborakbod etadi.

“Biz yurtimizda faoliyat yuritayotgan har bir o‘qituvchining xonadoniga tinchlik, xotirjamlik, baxt-soadat tilaymiz, ilohim yuzingizdan nur, labingizdan tabassum arimasin, yosh avlodga bilim va tarbiya berishda charchamang”, - deydi korxona rahbari.

“Profi Education” maktabi vaziyatdan foydalangan holda sizlarni o‘z o‘qituvchi-murabbiylar jamoasi bilan tanishtirishni ep ko‘rdi, shuningdek, ularga bo‘lgan hurmati cheksiz va davomli ekanligini izhor qilib qoladi.

Ona tili va adabiyot
Nilufar Ahmedova
Buxoro viloyatida tug‘ilgan.
1993-1998 yillarda Buxoro davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan.
O‘zFA tadqiqotchisi.
1998-2000 yillarda Buxoro shahridagi 35-sonli ixtisoslashgan maktabda ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.
2001-2010 yillarda BuxDU qoshidagi 1-akademik litseyda ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi; “Tafakkur kaliti”, “Test sandig‘i”, “Imkoniyat” kabi uslubiy qo‘llanmalar muallifi.
2013 yildan buyon “PROFI EDUCATION”da ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.

Tarix
Bekzod Usmanov
Namangan viloyatida tug‘ilgan.
1999-2003 yillarda TDPU bakalavr bosqichida tahsil olgan.
2004-2006 yillarda TDPU magistratura bosqichida tahsil olgan.
2007-2010 yillarda O‘zFA aspiranti.
2008-2011 yillarda JIDU akademik litseyida tarix fani o‘qituvchisi.
2013, 2014, 2015 yillardagi tarix fani bo‘yicha o‘tkazilgan respublika olimpiadalarida shogirdlari ketma-ket birinchi o‘rinni egallagan.
2011 yildan buyon “PROFI EDUCATION”da tarix fani o‘qituvchisi.

Matematika
Sherzod Dustov
Samarqand viloyatida tug‘ilgan.

1993-1998 yillarda SamDU mexanika- matematika fakultetida tahsil olgan.
2004-2007 yillarda O‘zFA aspiranti.
Sherzod Dustovning shogirdlari O‘zbekiston va xalqaro olimpiadalarda nufuzli o‘rinlarni egallagan.
2004-2013 yillarda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi 1-sonli akademik litsey matematika fani o‘qituvchisi.
2013 yildan buyon “PROFI EDUCATION”da matematika fani o‘qituvchisi.

Ingliz tili
Xurshid To‘xtanazarov
Andijon viloyatida tug‘ilgan.
2001-2005 yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil olgan.

IELTE (Xalqaro toifadagi ingliz tili o‘qituvchilari tayyorlash maxsus maktabi) bitiruvchisi.
“Xalq folklori tarjimonligi nazariyasi”, “Ingliz va o‘zbek fe’llarining tasnifi” mavzularida ilmiy tadqiqot olib borgan.
Ingliz matnlari bilan ishlashda kuchli mutaxassis.
2005 yildan buyon “PROFI EDUCATION”da ingliz tili fani o‘qituvchisi.

Tarix
Shohruh Sharipov
Jizzax viloyatida tug‘ilgan.
1997-2001 yillarda O‘zMU tarix fakulteti bakalavr bosqichida tahsil olgan.
2008-2010 yillarda O‘zMU magistri.
“XX asr Sirdaryo viloyatidagi demografik jarayonlar” mavzusida tadqiqot olib borgan.
2002-2010 yillarda Guliston akademik litseyida tarix fani o‘qituvchisi.
2010 yildan buyon “PROFI EDUCATION”da tarix fani o‘qituvchisi.

Ona tili va adabiyot
Gulmira Komilova
Buxoro viloyatida tug‘ilgan.
2004-2009 yillarda BuxDU filologiya fakulteti bakalavr bosqichida tahsil olgan.
“Shavkat Rahmon she’riyatida metafora va ritm” mavzularida ilmiy ish olib borgan.
2009-2013 yillarda Buxoro viloyati Jondor tumani 47-maktabda ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.
2013 yildan buyon “PROFI EDUCATION”da ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.

Matematika
Zohid Tug‘yonov
Buxoro viloyatida tug‘ilgan.
1999-2003 yillarda BuxDU bakalavri.
2004-2006 yillarda BuxDU magistri.
2011-2013 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida matematika va informatika sohasi bo‘yicha aspirant.
2013 yilda O‘zbekiston Milliy universiteti katta ilmiy xodimi.
2013 yildan buyon “PROFI EDUCATION”da matematika va informatika fani o‘qituvchisi.

Rus tili
Yekaterina Zelenskaya
Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan.
1997–2001 yillarda Qoraqalpog‘iston davlat universiteti bakalavri.
2007-2009 yillarda Qoraqalpog‘iston davlat universiteti magistri.
2004 yilda Nyu-York shahridagi Kolumbiya universitetida va Ogayo shtatidagi maxsus maktabda malakasini oshirgan.
2009 yilda Qoraqalpog‘iston davlat universitetida rus tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.
2014 yildan buyon “PROFI EDUCATION”da rus tili va rus adabiyoti fani o‘qituvchisi.

Ingliz tili
Dildora Xatamova
Toshkent shahrida tug‘ilgan.
2002-2003 yillarda Xalqaro ingliz tili dasturi bo‘yicha Nyu-York universitetida tahsil olgan.
2003-2004 yillarda Kaliforniyaning Concord ingliz tili maktabida malaka oshirgan.
2006-2010 yillarda Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti bakalavri.
Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti, Xalqaro Turin politexnika universiteti, Xalqaro Vestminster universitetlariga kirishdagi IELTS va GMATimtihonlariga tayyorlash bo‘yicha mutaxassis.
2011 yildan buyon “PROFI EDUCATION”da ingliz tili fani o‘qituvchisi.

Ona tili va adabiyot
Namoz Rasulov
Navoiy viloyatida tug‘ilgan.
2008-2012 yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti bakalavri.
2012-2014 yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti magistri.
2011 yilda pedagogika fanidan talabalar o‘rtasidagi olimpiadada respublika bosqichi g‘olibi.
“Mashina tarjimasida omonimiya tizimi muammolari”, “Maqol, matal va iboralar orasidagi chegara munosabati” mavzularida ilmiy tadqiqot olib borgan.
2012 yildan buyon “PROFI EDUCATION”da ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.

Fransuz tili
Mo‘tabar Qo‘ldosheva
Buxoro shahrida tug‘ilgan.
2000-2004 yillarda O‘zMU bakalavri.
2007-2009 yillarda O‘zMU magistri.
“Qo‘shma va o‘zlashtirma gaplar”, “Yordamchi fe’llarning fransuz va o‘zbek tillarida qo‘llanishi” mavzularida ilmiy tadqiqotlar olib borgan.
2009-2012 yillarda O‘zMU fransuz tili fani o‘qituvchisi.
2012 yilda Belgiyaning Luven-la Nev Universitetida va 2013-yilda O‘zbekiston Respublikasi “Iste’dod” Prezident jamg‘armasida o‘z malakasini oshirgan.
2013 yildan buyon “PROFI EDUCATION”da fransuz tili fani o‘qituvchisi.

Fizika
Suhrob Telyayev
Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 2004-2008 BuxDU fizika-matematika fakulteti bakalavri.
2008 yilda fizika fanidan talabalar o‘rtasidagi olimpiadada respublika bosqichi g‘olibi va DAAD xalqaro stipendiyasi sohibi.
2008-2010 yillarda O‘zMU magistri.
2010-2013 yillarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi ion plazma va lazerli texnologiyalar instituti doktoranti.
2013-2014 yillarda Georg Avgust Universiteti, uchinchi fizika instituti doktoranti. (Gyotengen, Germaniya)
2012 yildan buyon “PROFI EDUCATION”da fizika fani o‘qituvchisi.

Ingliz tili
Sardor Hakimov
Andijon viloyatida tug‘ilgan.
2000-2004 yillarda O‘zDJTU bakalavri
“Jorj Bayron ingliz romantizmining asoschisi” mavzusida tadqiqot olib borgan.
2006-2008 yillarda Andijon viloyatidagi 53-gimnaziyada ingliz tili o‘qituvchisi.
2009-2013 yillarda O‘zMU qoshidagi S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyining ingliz tili fani o‘qituvchisi.
2013 yildan buyon “PROFI EDUCATION”da ingliz tili fani o‘qituvchisi.

Ona tili va adabiyot
A’zam Avazov
Samarqand viloyatida tug‘ilgan.
1999-2003 yillarda SamDU o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.
2006-2007 yillarda Samarqand 1-son pedagogika kollejida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.
2007-2009 yillarda FarPI qoshidagi Yormozor akademik litseyida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, kafedra mudiri.
2009-2013 yillarda Farg‘ona davlat universiteti qoshidagi 3-son akademik litsey ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, kafedra mudiri.
2014 yildan buyon “PROFI EDUCATION”da ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.

Biologiya
Sardor Zubtiyev
Samarqand viloyatida tug‘ilgan.
2002-2009 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi bakalavri.
2009-2011 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi magistri.
“Irsiy kasalliklarni aniqlashda molekulyar biologiya va genetika fanining so‘nggi ilmiy tadqiqot usullaridan foydalanish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib borgan.
Shuningdek, qator darslik va qo‘llanmalar muallifi.
2009 yildan buyon “PROFI EDUCATION”da biologiya fani o‘qituvchisi.

Kimyo
Jo‘rabek Yo‘ldashev
Xorazm viloyatida tug‘ilgan.
1994-2003 yillarda kimyo faniga ixtisoslashgan maktab bitiruvchisi.
2006-2010 yillarda TDPU bakalavri.
2010-2012 yillarda O‘zMU magistri.
“Logon va Shorsu konlari bentonitlari fizik va kimyoviy xossalarining qiyosiy tahlili” mavzusida tadqiqot olib borgan.
Mendeleyev nomidagi olimpiada g‘olibi.
2010-2013 yillarda TDPI qoshidagi akademik litseyi kimyo fani o‘qituvchisi.
2010 yildan buyon “PROFI EDUCATION”da kimyo fani o‘qituvchisi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish