21:53 / 02.10.2015
5904

7-8 oktabr kunlari O‘zbekiston Yoshlar teatri binosida koreyalik aktyorlar ijrosida "Makbet" spektakli qo‘yiladi

5-8 oktabr kunlarida Toshkent shahriga Koreya Respublikasining "XEBOMA" teatri delegatsiyasi tashrif buyuradi. Ushbu tashrif davomida koreyalik san'atkorlar o‘z ijod namunalarini taqdim etishni mo‘ljallashgan.

"7-8 oktabr kunlarida O‘zbekiston Yoshlar teatri binosida Koreya Respublikasidan keladigan "XEBOMA"aktyorlar Uilyam Shekspirning "Makbet" asari asosida sahnalashtirilgan "Pound it, Macbeth!" nomli spektakllarni tomosha qilishga taklif etamiz", deyiladi teatr xabarida.

Ushbu teatr aktyorlarining Toshkentga tashrifi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport ishlari vazirligi “O‘ZBEKTEATR” Ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi qoshidagi O‘zbekiston Yoshlar teatri va Koreya respublikasining Toshkentdagi elchixonasi hamkorligida tashkil qilinadi. Bu delegatsiya o‘z tashrifining ilk kunlarida, 5-6 oktabr kunlari soat 15:00dan 17:00gacha mahorat darslari o‘tishni rejalashtirgan.

Top