08:28 / 02.10.2015
6167

Afg‘onistonda AQShning harbiy-transport samolyoti falokatida halok bo‘lganlar soni 14 kishiga yetdi

Afg‘onistonning sharqida AQShning C-130 Hercules harbiy-transport samolyoti falokatga uchrashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 14 kishiga yetdi. Bu haqda 1 oktabrda ABC telekompaniyasi ma'lum qildi.     

Telekompaniyaning Pentagondagi manbasi ma'lumotlariga ko‘ra, samolyot bortida hammasi bo‘lib 11 kishi – 6 nafar harbiy va 5 nafar oddiy fuqaro bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, samolyot yerga qulashi oqibatida uch nafar afg‘on halok bo‘lgan. Telekompaniyaning ta'kidlashicha, ayni paytda samolyot urib tushirilganiga guvohlik beruvchi hech qanday ma'lumot yo‘q.  

Avvalroq Afg‘onistonda faoliyat yuritayotgan xalqaro koalitsiya rasmiy vakili Brayyen Tribus falokat Afg‘onistonning Jalolobod aeroporti yaqinida sodir bo‘lganini ma'lum qilgandi. Falokat sabablari noma'lumligicha qolmoqda. “Biz ma'lumot to‘plamoqdamiz va o‘rni kelganda uni chop etamiz”, deb aytdi Tribus. 

Top