Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:00 / 02.10.2015
7439
1 daqiqa o‘qiladi
AR: Pentagon Suriya muxolifatini himoya qilish haqida o‘ylamoqda
Pentagon AQSh tomonidan tayyorlanib, muxolifat tarkibiga qo‘shilgan guruhlarni harbiy himoyaga olish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.
Nomi keltirilmagan amaldorlarning agentlikka bergan ma'lumotlariga qaraganda, ayni paytda mudofaa vazirligi Rossiyaning isyonchilarga bergan zarbalariga javob berish qanday oqibatlarni yuzaga keltirishi mumkinligi baholanmoqda.