19:23 / 02.10.2015
4039

Dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-Prisining ikkinchi kunida O‘zbekiston vakillari 1ta oltin va bitta bronza medal olishdi

Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport saroyida dzyudo kurashi bo‘yicha o‘tkazilayotgan Gran-Pri turnirida vazni -73 kg.bo‘lgan polvonlar bellashuvida g‘olib va sovrindorlar nomi ma'lum bo‘ldi.

Ushbu vazn toifasida oltin medalni O‘zbektston vakili Mirali Sharipov qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston terma jamoasining yetakchi sportchilaridan biri hisoblangan Mirali Sharipov saralash bellashuvlarida Belarus, J.Koreya va Germaniya terma jamoasi a'zolarini mag‘lub etib, yarim finalda KXDR vakilini, hal qiluvchi final bahsida esa portugaliyalik Nuno Saraivani yengdi.

Ushbu vazn toifasida bellashuvlarga kirishgan yana bir o‘zbekistonlik sportchi G‘iyosjon Boboyev esa saralash bosqichida Serbiya, Xitoy va BAA vakillaridan ustun keldi va yarim finalda portugaliyalik Nuno Saraivaga imkoniyatni boy berdi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda germaniyalik Igor Vantkeni yenggan G‘iyosjon Boboyev bronza medali sohibi bo‘ldi.

Ayni paytga kelib O‘zbekiston terma jamoasi hisobida 1ta oltin, 1ta kumush va 2ta bronza medali mavjud bo‘lib, hozircha hamyurtlarimiz umumjamoa hisobida dzyudo vatani vakillari yaponiyaliklardan keyin ikkinchi o‘rinda borishmoqda.

Top