09:15 / 02.10.2015
4849

Yevropa Ligasi. «Krasnodar» o‘z maydonida «Gabala»ni mag‘lubiyatga uchratdi

1 oktabr kuni Yevropa Ligasining guruh bosqich 2-turi doirasida "Krasnodar" Ozarbayjonning "Gabala" klubini qabul qildi. Ushbu uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Vanderson 8-daqiqada jamoasini oldinga olib chiqdi. 51-daqiqada Dodo oradagi farqni yo‘qqa chiqardi, 1:1.

84-daqiqaga kelib, Smolov "Krasnodar"ning g‘alaba to‘pini yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi.

O‘zbekiston terma jamosi sardori Odil Ahmedov 90 daqiqa harakat qildi.

Yevropa Ligasi. 2-tur
Krasnodar – Gabala  2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 8 Vanderson, 1:1 – 51 Dodo, 2:1 – 84 Smolov.
Krasnodar – Sinitsin, Yendjyeychik, Strannberg, Grankvist, Kaleshin, Kabore, Gazinskiy (Joaozino, 76), Ahmedov, Vanderson, Ari (Smolov, 60), Mamayev (Laborde, 66).
Gabala – Bezotosnyy, Dashdemirov, Vernidub, Stankovich, Rikardino, Gay, Mesa (Sadigov, 46; Zergerov, 90), Zenev, Antonov (Zets, 75), Dodo, Pereyra.
Ogohlantirishlar: Pereyra (45), Yendjyeychik (73), Stankovich (80), Bezotosnyy (81), Grankvist (82), Axmedov (87), Sadigov (88).

Top