Jahon | 15:05 / 02.10.2015
3478
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston 2030 yilga qadar energetika sohasidagi maqsadlarini amalga oshirishiga ishonmoqda

Hindiston 2030 yilga qadar havoga tashlanayotgan zararli chiqindilar hajmini sezilarli darajada qisqartira olishiga ishonmoqda. Bu haqda BMT saytida e'lon qilingan hujjatda aytildi.

Havoga uglerod chiqindilari tashlash bo‘yicha uchinchi o‘rinda turgan Hindiston ko‘rsatilgan muddatga qadar ko‘rsatkich 30 foizgacha pasayishi mumkinligini aytmoqda.

“Bu Hindiston uchun ulkan natija bo‘ladi, shu bois unga ustuvor maqsad sifatida qaralmoqda”, - dedi BMTga hukumatning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash rejasini taqdim etgan vakil Prakash Javadkar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish