Jahon | 02:20 / 02.10.2015
5789
1 daqiqa o‘qiladi

HKX: Rossiya Suriyadagi birorta ham aholi infratuzilmasiga aviazarba bermadi

Suriyadagi Rossiya samolyotlari o‘tgan kun davomida butun hajmda o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifa — IShID obektlariga aniq aviazarbalar berishni bekamu-ko‘st ado etishdi. Bu haqda Rossiya harbiy-kosmik qo‘shinlari vakili, polkovnik Igor Klimovning ma'lumotiga asoslanib, RIA “Novosti»” xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga qaraganda tinch aholi yashaydigan birorta ham infratuzilmaga aviazarba berilmagan.

“Obektlar nazorati tahlillari va kuzatuvlari ma'lumotlari shuni tasdiqlab turibdiki, Rossiya aviatsiyasi tomonidan berilgan aviazarbalar bir qancha ishonchli manbalar asosida o‘rganilgan IShIDning teroristik infratuzilmalariga berilgan”, — dedi Klimov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish