Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Independent: 14 yoshli britaniyalik o‘smir Avstraliyadagi teraktga tashkilotchilik qildi
Britaniyadagi eng yosh terrorist Avstraliyada Veteranlar kuni munosabati bilan o‘tkaziluvchi parad chog‘ida qo‘poruvchilik harakatini sodir etishni rejalashtirdi, deya yozmoqda The Independent.
Lankashir shahrida istiqomat qiluvchi 14 yoshli o‘smir internet orqali Melbrunda politsiyachilarga hujum uyushtirishni xohlagan avstraliyalik mujohidlar bilan bog‘langan. Sudning tasdiqlashicha, ushbu harakatlarda bolakay maslahatchi va terakt tashkilotchisi vazifasini bajargan.
Tvitterda sahifa ochib, ekstremistik xabarlarni qoldira boshlaganidan ikki hafta o‘tmasdan yosh jinoyatchi 24 mingdan ziyod follover yig‘ib, jihotchilar o‘rtasida mashhur bo‘lib ketgan.
Advokat Jyeyms Pikapning fikricha, qisqa muddatda bu qadar tez mashhurlikka erishishi o‘smir hayotidagi bo‘shliqni to‘ldirgan. Xabar qilinishicha, bola doimiy ravishda o‘zini boshqalar tomonidan ajratilgan his qilgan, ko‘zlari bilan bog‘liq muammosi ham bo‘lgan. Jinoyat sodir etishdan oldinroq esa uning ota-onasi ajrashgan. 14 yoshli terrorist bir necha marotaba quloqsizligi va haqoratomuz xatti-harakatlari sababli maktabdan haydalgan.
Ayblanuvchining o‘qituvchilaridan biri guvoh sifatida ko‘rsatma berib, o‘quvchisining bir necha marotaba tahdid qilgan holda hattoki ustozining bo‘ynidan pichoq tortib, qonining oqishini tomosha qilish istagida ekanini bildirganini aytib o‘tgan.
Sud jarayonida ma'lum qilinishicha, o‘smir terrorchilar bilan 3 mingdan ziyod shifrlangan xabarlarni almashgan va IShID tashviqotchilarining rahbari Abu Xolib al-Kambodi bilan ham aloqa o‘rnatgan. Yosh terrorchi ota-onasi oldida o‘z aybiga iqror bo‘lib, xorijda terrorizmni yoyishga aloqadorligini tan olgan.