Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Independent: Bler Kaddafiga iste'foga chiqishin maslahat bergan edi
Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler Liviyaning marhum rahbari Muammar Kaddafiga iste'fo berib, xavfsiz joyda yashirinishni maslahat bergan edi. Ammo Kaddafi bu taklifni rad qilib, urush chog‘i o‘z mamlakatini tashlab ketishni istamagan.
Bu haqda The Independent nashri yozmoqda.
AQSh davlat departamenti ikki davlat rahbari suhbatining stenogrammasini e'lon qildi.
Blerning yordamchisi Ketrin Rimmerning ta'kidlashicha, suhbat chog‘ida sobiq bosh vazir Kaddafini zo‘ravonlikdan bosh tortishga ko‘ndirmoqchi bo‘lgan.
“Qon to‘kilishi va zo‘ravonlik to‘xtatilishi lozim. Agar sizda xavfsiz joy bo‘lsa, u yerga yo‘l oling. Bu tinchlik bilan tugamaydi, o‘zgarishlar kerak. O‘zgarishlarni boshqarsa bo‘ladi, biz ularni boshqarish yo‘lini topamiz. Men odamlar bilan gaplashdim, ular masala tinch yechim topishi tarafdori”, - degan Bler Kaddafiga.