Jamiyat | 22:36 / 02.10.2015
6948
2 daqiqa o‘qiladi

Internetda 3 yoshli bola 8-qavatdagi deraza tashqarisidagi tokchada yurgani tasvirlangan video paydo bo‘ldi

Rossiyaning Chelyabinsk viloyatidagi Miass shahri aholisi ko‘p qavatli uylarning biridagi noxush manzaradan karaxt holga tushishdi. Ular 3 yoshlar atrofidagi bola 8-qavatdagi xonadonning deraza tokchasida hech narsani ushlamagan holda turganini ko‘rishgan. Bolakay hattoki derazaning tashqarisiga ham chiqqan, bukilib pastga, yon-atrofga qaragan. 

Buni kuzatib turgan odamlar his-hayajonlarini zo‘rg‘a tiyib turishgan. Qayd etilishicha, guvohlar bolani tasvirga olishdan avval politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, ushbu voqea haqida xabar berishgan. 

Bolakayning bu “beboshligi” aks etgan videoda bolakay deyarli 20 metrlik balandlikdan hech qanday qo‘rquvsiz yon-atrofga, pastga qarayotgani va bunda deyarli derazani ushlamayotgani aks etgan.

Video internetda joylashtirilganda unga ko‘plab izohlar bildirildi: natijada bolaning onasi nima sodir bo‘lgani tushuntirib berishga qaror qildi. Uning aytishicha, u xonani shamollatish uchun derazani ochgan va bir daqiqaga boshqa xonaga chiqib ketgan. Qaytib kelgach, bolasining deraza tokchasida yurganini ko‘rgan. U o‘zini qo‘lga olgan holda, bolakayni cho‘chitib yubormaslik uchun uni ohista o‘ziga chaqirib, uni sekin deraza chetidan tushirib olgan. Va bundan keyin 20 daqiqagacha o‘z yig‘isini bosa olmagan. Politsiya ushbu holga tushunish bilan munosabat bildirib, kelajakda e'tiborliroq bo‘lishni tavsiya qilgan. 

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish