Jahon | 08:13 / 02.10.2015
4934
1 daqiqa o‘qiladi

Manba: Lataqiyada bir tonna portlovchi modda ortilgan yuk mashinasi to‘xtatib qolindi

Suriyaning Lataqiya shahriga kiraverishdagi nazorat postida harbiylar shag‘al va mayda yog‘och niqobi ostida bir tonna portlovchi modda olib ketayotgan yuk mashinasini to‘xtatib qolishdi.

Bu haqda Suriya huquq-tartibot muassasalaridagi manbaga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.      

Manbaning aytishicha, portlovchi modda terakt amalga oshirish uchun mo‘ljallangan bo‘lgan. Avtomobil haydovchisi bevosita terrorchi bo‘lmagani, u faqatgina yukni ko‘rsatilgan manzilga olib borib berishi kerak bo‘lgani ta'kidlanmoqda.

Lataqiyada jangovor parvozlarni amalga oshirayotgan Rossiya samolyotlari harbiy bazasi joylashgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish