Jamiyat | 09:46 / 02.10.2015
7472
2 daqiqa o‘qiladi

Manzura: San'atkor va muxlis o‘rtasida chegara qolmadi

Ayni kunlarda O‘zbekiston estradasida haqiqiy ijod yo‘qolib bormoqda, deb hisoblaydi xonanda Manzura. San'atkorlar o‘z ijodlarida ko‘proq to‘ybop ashula yaratishga urinmoqda.

“Tan olaman, hozir haqiqiy ijod yo‘qolib ketyapti, - dedi u “Darakchi” nashriga bergan intervyusida. – Ko‘p hollarda to‘yga, pul topadigan qo‘shiqlarga bog‘lanib qolamiz”.

“... Ko‘p qo‘shiqlar tinglovchiga yetib bormay, yarim yo‘lda qolib ketyapti, - so‘zida davom etdi san'atkor. – Chunki avvallari muxlislar san'atkorlarning ijodi bilan qiziqardi, biror qo‘shiq yaratayotganimiz haqida xabar bersak, radio va TVdan kutib o‘tirishardi. Hozir esa san'atkor va muxlis o‘rtasida chegara qolmagan. Hamma axborotni internetdan oladi, qo‘shiqni ham kerak bo‘lsa internetdan eshitadi. Oylar davomida yaralgan qo‘shiq va kliplarning umri nari borsa bir haftaga yetyapti, xolos. Bugungi tinglovchida tanlov imkoniyati yo‘q. Ularga ham oson emas. Minglab qo‘shiqlar orasidan sarasini ajratib olish juda qiyin”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish