Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Microsoft Meksikadagi ijtimoiy dasturlarni rivojlantirishga 1 mlrd dollar ajratdi
Microsoft kompaniyasi yaqin uch yilda Meksikada ta'limiy va ijtimoiy dasturlarni rivojlantirish uchun 1 mlrd dollar ajratadi. Bu haqda Lotin Amerikasi davlati prezidenti Enrike Penya Neto hamda dunyodagi eng yirik dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchisining bosh ijrochi direktori Satya Nadella o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng xabar qilindi.
“Uchrashuv jarayonida tomonlar Microsoft kompaniyasining Meksikadagi so‘nggi 20 yillik pozitsiyasini rivojlantirish va mustahkamlash, butun dunyoda telekommunikatsiyani taraqqiy ettirish istiqbollarini muhokama qilishdi”, - deyiladi Meksika prezidenti ma'muriyati xabarida.
Prezident Microsoft rahbariga Meksikada amalga oshirilayotgan elektron ta'lim sohasidagi turli loyihalarda ishtirok etayotgani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.