16:41 / 02.10.2015
3840

Mirali Sharipov dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-Prisi finaliga chiqdi

Toshkentdagi "O‘zbekiston" sport majmuasida davom etayotgan dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasining ikkinchi kun bellashuvlarida o‘zbekistonlik ikki nafar sportchi medallar uchun kurashni davom ettirmoqda.

Mirali Sharipov dastlab Belarus vakili Vadzim Shokani mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, keyinchalik koreyalik Ju-Jin Kimni, germaniyalik Igor Vantke va KXDR vakili Kuk Xyon Xongni yengdi. Finaldagi raqib portugaliyalik Nuno Sarayva bo‘ladi.

G‘iyosjon Boboyev yarim final yo‘lida serbiyalik Lyubisa Kovachevich, xitoylik Shuay Sun va BAA a'zosi Viktor Skvortovni dog‘da qoldirdi. Hal qiluvchin bellashuvga yo‘l olish uchun portugiyalik Nuno Sarayva bilan kurashdi. Biroq u yuko bahosi farqi bilan imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Endi u bronza medali uchun bahs olib boradi. -81 kilogramm vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Shahzod Sobirov va Temurxon To‘rayev chorak finalgacha yetib kela olmadi.

Top