Jahon | 02:13 / 02.10.2015
4508
1 daqiqa o‘qiladi

Netanyaxu Eronni yadro qurollari klubiga yashirincha kirganlikda ayblamoqda

Eron o‘ziga qarshi sanksiyalarni mutlaqo bekor qilinishini va shu yo‘l orqali yadro quroli yaratishda davom etish hamda yadro qurollari klubi a'zolari safiga yashirincha qo‘shilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu BMT Bosh assambleyasidagi nutqi davomida aytib o‘tgan.

Vazir “oltilik”ni Eron bilan vositachilik qilayotganini yana bir bor qoralab chiqdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tehron o‘zining yadro quroliga ega bo‘lish niyatidan qaytmaydi va qaytanga “ishtaxasi karnay bo‘laveradi”. Netanyaxuning bahosiga ko‘ra, Eron AQSh va boshqa mamlakatlar unga nisbatan joriy etilgan sanutsiyalarni bekor qilishlarini va “muzlatilgan” pullarni qaytarishlarini kutib o‘tiribdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish