10:36 / 02.10.2015
4461

Qirg‘iziston militsiyasi internet orqali ekstremistlarga qarshi kurashmoqda

Qirg‘iziston militsiyasi internetda ekstremistik mavzularda yozuvchi shaxslarni aniqlash bilan shug‘ullanmoqda.

Jumladan, O‘sh viloyatining Qorasuv tumanida “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ida ekstremistik yo‘nalishdagi guruhni yaratgan Abdulla Nurmatov ismli shaxs qo‘lga olindi.
“Biz bu faktni 20 avgust kuni aniqladik”, - deydi IIV matbuot xizmati vakili Jyengish Ashirboyev.

Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov davomida Nurmatov ikkita ekstremistik tashkilot bilan aloqa qilib turishi aniqlanib, uning bir qator sheriklari qo‘lga olindi.
Internet orqali targ‘ibot olib borayotgan ekstremistik guruhlarga qarshi kurash davom etmoqda.

 

muallif: Erkin Kamalov, Central Asia Online 

Top