21:34 / 02.10.2015
5743

Qohira universitetida ayol o‘qituvchilarga paranji kiyib yurish taqiqlab qo‘yildi

Qohira universiteti rahbari Gaber Nassar universitetda ta'lim beruvchi ayol o‘qituvchilarga paranji kiyib yurishni taqiqlab qo‘ydi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Nassarning ta'kidlashicha, talabalar mashg‘ulotlarda paranji kiyib olgan muallimalar bilan o‘zaro muloqotda qiynalishgan. Universitet rahbarining aytishicha, u bu “kasallikni”  kech bo‘lmasdan davolashga qaror qilgan.

Qayd etilishicha, Nassar bu qarorni qabul qilishda Misr bosh muftiysining roziligini olgan.

Top