05:55 / 02.10.2015
4127

Sakkiz nafar rossiyalik sportchi Janubiy Koreya aeroportida samolyotda beboshlik qilgani uchun qo‘lga olindi

Sakkiz nafar rossiyalik sportchi Janubiy Koreyaning Inchxon aeroportida samolyotda beboshlik qilgani uchun qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.  

Voqea Moskvadan 1 oktabr ertalab KE924 reysi bilan uchib kelgan samolyot bortida yuz bergan.

Sportchilar Mungenda 2 oktabrda ochiladigan Harbiy-sport o‘yinlarida ishtirok etishlari kerak bo‘lgan. Ular samolyotda spirtli ichimlik ichib, chekib o‘tirganlar. Ayni paytda ularning Koreyaga qo‘yilishi masalasi hal qilinmoqda.

Top