Jahon | 15:48 / 02.10.2015
4130
1 daqiqa o‘qiladi

Tolibon yetakchisi Qunduzning olinishini “ramziy g‘alaba” deb baholadi

Tolibon harakatining yangi yetakchisi Aqtar Mansur Qunduz shahrining olinishini “ramziy g‘alaba” deb baholadi. Shunga qarama, AR agentligining ma'lum qilishicha, jangarilar allaqachon shahardan siqib chiqarildi.

Mansur, shuningdek, ushbu “tarixiy voqea”ni butun shahar aholisi nishonlaganini ta'kidladi.

Bu bayonotni u telefon muloqoti chog‘ida bergan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish