Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Virjiniyada 3 yildan keyin ilk marta seriyali qotillik uchun o‘lim hukmi ijro etildi
AQShning Virjiniya shtatida bir necha yil hisobiga birinchi marta o‘lim jazosi amalga oshirildi. Reyter xabariga ko‘ra, o‘lim hukmi jinoyatchiga ukol orqali o‘limga olib keluvchi ximiyaviy modda yuborish orqali ijro etilgan.
Ushbu ijro salvadorlik 49 yoshli Alfredo Priyetoga nisbatan qo‘llangan. Priyeto 1988 yilda amalga oshirgan qotilligi uchun o‘limga mahkum qilingan. Bundan tashqari, u keyinroq yana 7 shaxsni o‘ldirgani gumon qilinadi.
Oqlovchi huquqshunoslar Priyetoning aqli noqisligini isbotlashga urinishgan. Ma'lum qilinishicha, uning IQ ko‘rsatkichlari atigi 66ga teng. Lekin AQSh Oliy sudi qatl hukmini bekor qilmadi.
Priyetoga nisbatan 2010 yilda o‘lim hukmi chiqarilgan, o‘shanda u 1988 yilda Vashington yaqinida bir qizni zo‘rlab o‘ldirganlikda, keyinroq qurbonining yigitini ham o‘ldirganlikda ayblangandi. Ushbu qotil 1992 yilda ham Virjiniyada 15 yoshli qizni zo‘rlagan va o‘ldirgan.
Qayd etilishicha, Virjiniya shtatida oxirgi marta 2013 yilning yanvarida o‘lim hukmi ijro etilgandi.