Jahon | 14:17 / 02.10.2015
5951
1 daqiqa o‘qiladi

WP: tahlilchilar Rossiyaning Suriyadagi maqsadlarini tushuna olmayapti

Ekspertlar, Rossiyaning Suriyadagi harakatlarini kuzatar ekan, u qanday maqsadlarni qo‘llayotganini tushuna olmayapti, deb yozadi The Washington Post nashri.
Harbiy tahlilchi Jyeff Uaytning fikricha, Rossiyaning Suriyadagi maqsadlari ularga nima xavf tug‘dirayotganini tushunishdir.

Suriya muxolifati vakili Munzar Akbik esa yoz davomida ular Rossiya bilan urushni to‘xtatish borasida muzokaralar olib borganini ta'kidladi. Ammo, uning fikricha, Rossiya aviatsiyasining zarbalari IShIDga emas, aynan muxolifatga qarshi qaratilgan edi.

“Rossiya Suriya xalqiga tahdid solmoqda, u Asadga bizni yengishga yordam bera olishini ko‘rsatmoqchi, - dedi u. – Ular Asad hokimiyatda qolishi uchun suriyaliklarga bosim o‘tkazmoqda”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish