11:13 / 03.10.2015
3128

“Yulduzli janglar” kemasi kim oshdi savdosida 450 ming dollarga sotildi

“Yulduzli janglar” epopeyasida qo‘llangan kema modeli kim oshdi savdosida 450 ming dollarga sotildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Lotning narxi savdolar chog‘ida ikki barobarga ko‘tarilgan.

40 sm li model kinoepopeyaning birinchi filmini suratga olishda ishlatilgan (“Epizod IV: Yangi umid”, 1977 yil).
Malika Leya hamda C-3PO va R2-D2 droidlari ketayotgan kosmik kema filmning eng boshida ko‘rsatiladi. Bu epopeya muxlislari ko‘rgan birinchi kemadir.

Top