Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistondagi “Chegara bilmas shifokorlar” shifoxonasiga berilgan aviazarba qurbonlari 16 nafar kishiga yetdi
Qunduz shahridagi “Chegara bilmas shifokorlar” shifoxonasiga berilgan aviazarba tufayli halok bo‘lganlar soni 16 nafarga yetdi, deb xabar beradi Reuters.
Tashkilotning o‘zi qayd etishicha, halok bo‘lganlar soni oshgan. Ularning ma'lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlarning 9 nafari tashkilot a'zosi, 4 nafari yoshi kattalar va 3 nafari bolalar bo‘lgan.
Oldinroq Afg‘onistonning Qunduz shahridagi “Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti shifoxonasiga berilgan aviazarba tufayli halok bo‘lganlar soni 9 nafarga yetgani haqida ma'lum qilingan edi.