Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:29 / 03.10.2015
3643
1 daqiqa o‘qiladi
Angliyada samolyot qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
Angliyaning Chiguell shahri yaqinidagi dalaga 8 o‘rindiqli Beech 200 King Air yengil motorli samolyoti yerga qulab tushdi va yonib ketdi. Oqibatda 2 kishi halok bo‘lgan.
Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar yetib kelgan, biroq samolyot ichidagilarni saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.
Ayni paytda voqea joyida falokatning sabablarini aniqlash maqsadida mutaxassislar ish olib bormoqdalar.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish