Texnologiya | 15:33 / 03.10.2015
3372
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyaning sobiq vaziri Wi-Fi va 4G’dan gadjyetlarni quvvatlantirish uchun energiya “so‘rib olish” yo‘lini kashf qildi

Buyuk Britaniyaning sobiq fan vaziri, tadqiqotchi, lord Pol Dreyson Freevolt texnologiyasini ilm ahliga taqdim etdi. Aytilishicha, uskuna radiochastotali to‘lqinlardan quvvat oladi, shu bois endilikda telefonlarni elektr tarmog‘idan quvvatlantirishga ehtiyoj qoldirmaydi.

Texnologiyaning mohiyati shundaki, u simsiz tarmoqlar - Wi-Fi, 2G, 3G, 4G va hattto raqamli televideniyedan tortib oladi. Buning uchun ko‘plab antennalarga ega qabul qilgich qo‘llanadi.
“Hech qanday qo‘shimcha infrastruktura talab qilinmaydi, qo‘shimcha energiya uzatish talab qilinmaydi. U ayni paytda qo‘llanilmayotgan energiyani qayta ishlaydi”, - dedi ixtiro muallifi.

Dreysonning fikricha, bu texnologiya buyumlar interneti rivojlanishining dolzarb tomonlaridan biriga aylanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish