Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
General Motors Chevrolet Volt haydovchisiz mashinasini ishlab chiqadi
General Motors konserni 2016 yil oxirida haydovchisiz avtomobillar sinovlariga kirishadi. Avtopilotli mashinalar Chevrolet Volt gibridi bazasida quriladi.
Testlar konsernning Michigan shtatidagi Uorren shahrida joylashgan texnik markazida o‘tkaziladi.
Kompaniya xodimlari o‘zlari uchun maxsus ilova orqali boshqariladigan mashinalarni ro‘yxatdan o‘tkazib qo‘yishi mumkin bo‘ladi. Amalga oshiriladigan xatti-harakatlardan so‘ng mashina belgilangan joyga xodimlarni mustaqil ravishda olib borib qo‘yishi lozim.
Kontsern vakillarining so‘zlariga qaraganda, bunday “ko‘chma laboratoriyalar” zarur tajriba to‘plash imkoniyatini beradi.
V 2013 godu General Motors yarim avtomatik Super Cruise boshqaruvi tizimini sinovdan o‘tkazishni boshladi. U 2017 yilda Cadillac kompaniyasining CT6 sedanida chiqariladi.
Bundan tashqari, General Motors vakillari 2020 yilda konsern vodorod kuch qurilmasiga ega tijoriy avtomobilni sotuvga chiqarishini tasdiqlashdi. Loyiha Honda kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.