Jahon | 00:53 / 03.10.2015
3452
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya 100 ming qochoqqa nemis tilini o‘rgatish uchun 121 mln yevro ajratadi

Germaniya hukumati 100 ming qochoqqa nemis tilini o‘rgatish kurslarini tashkil etishi haqida e'lon qildi. Bu xabarni Deutsche Welle nashri ma'lum qildi.

Buning uchun taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, 54 mln yevrodan 121 mln yevrogacha mablag‘ sarflanishi mumkin.

Xabarda ma'lum qilinishicha, bunday kurslarda Germaniyada boshpana olish imkoniyati bor qochoqlar o‘qitiladi. Ammo muhojirlar va qochoqlar ishi bo‘yicha federel idora (BAMF)ning integratsiya kurslari kamaytirilmaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish