Jahon | 23:36 / 03.10.2015
2518
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya Bundesligasi, 8-tur: “Borussiya” Myonxengladbax “Volfsburg”ni yutdi va turning qolgan uchrashuvlari natijalari

Germaniya Bundesligasining 8-turida “Volfsburg” Myonxengladbaxda mahalliy “Borussiya” jamoasiga 2:0 hisobida yutqazdi. Uchrashuvning 75-daqiqasida Xovard Nordtveyt hisobni ochdi, 4 daqiqa o‘tib Ibraima Traore o‘yindagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Turning qolgan uchrashuvlarida “Darmshtadt 98” o‘z maydonida 2:3 hisobida “Maynts”ga yutqazdi, “Gerta” o‘z maydonida 3:0 hisobida “Gamburg”ni, “Ingolshtadt” 2:0 hisobida “Ayntraxt”ni, “Gannover” 1:0 hisobida “Verder”ni yutdi, “Xoffenxaym” esa “Shtutgart” bilan 2:2 hisobida durang natija qayd qildi.
Darmshtadtliklar hujumchisi Sandro Vagner 96-daqiqada “Maynts” darvozasiga belgilangan 11 metrlik jarima to‘pini aniq amalga oshira olmadi.

Germaniya Bundesligasi. 8-tur
Borussiya Myonxengladbax – Volfsburg – 2:0
Gollar: Nordtveyt, 75 (1:0); Traore, 79 (2:0).

Darmshtadt 98 – Maynts – 2:3
Gollar: Bell, 15 (0:1); Malli, 24 (0:2); Xeller, 27 (1:2); Zayler, 57 (2:2); de Blasis, 64 (2:3).
Amalga oshirilmagan penalti: Vagner, 90+6 (Darmshtadt 98).

Gannover-96 – Verder– 1:0
Gollar: Sane, 55 (1:0).

Gerta– Gamburg– 3:0
Gollar: Kalu, 17 (1:0); Ibishevich, 76 (2:0); Ibishevich, 78 (3:0).

Ingolshtadt 04 – Ayntraxt F– 2:0
Gollar: Gross, 78 (1:0); Leks, 84 (2:0).

Xoffenxaym – Shtutgart– 2:2
Gollar: Folland, 33 (1:0, pen); Kliment, 64 (1:1); Folland, 77 (2:1); Verner, 90 (2:2).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish