08:23 / 03.10.2015
4506

Karlo Anchelotti: «Ronaldu va Zidan – men ko‘rgan eng zo‘r o‘yinchilar»

Madridning “Real” klubining sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Krishtianu Ronaldu haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“U “Real” tarkibida 308 ta rasmiy uchrashuv o‘tkazdi va 323 ta gol kiritdi. Buni ta'riflashga til ojiz.

Ronaldu ham Zidan kabi men hayotimda ko‘rgan eng zo‘r o‘yinchilar.

Men Pirlo, Kaka, Maldini, Kafu, Shevchenko, Ramos, Drogba, Ibrohimovich kabi oliy saviyadagi futbolchilarga murabbiylik qilishga muyassar bo‘lganman, biroq Ronaldu va Zidan – ular orasida eng zo‘rlari», deb aytdi Anchelotti.

 

Top