Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:02 / 03.10.2015
5046
1 daqiqa o‘qiladi
Londonda qo‘lga olingan OPeK prezidenti garovga qo‘yib yuborildi
Nigeriyaning Londonda qo‘lga olingan sobiq neft vaziri, OPeKning amaldagi prezidenti Diyezani Alison-Madueke garov puli evaziga qo‘yib yuborildi. Bu haqda Daily Post Nigeria nashri yozmoqda.
5 oktabr kuni u Chering-Kross politsiya bo‘limiga so‘roq bergani qayta chaqiriladi.
Aytilishicha, Alison-Madueke xonimning Abujadagi uyi muhrlanib, amaldorning o‘zi iqtisodiy va moliyaviy jinoyatlar bo‘yicha komissiya so‘rog‘iga chaqirilgan.