Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:03 / 03.10.2015
5529
1 daqiqa o‘qiladi
Merkel: Suriya bo‘yicha Rossiya bilan siyosiy yechimni qabul qilishimiz darkor
Germaniya kansleri Angela Merkel dunyo davlatlari Rossiya bilan birga Suriya bo‘yicha siyosiy yechim qabul qilishlari kerakligini aytdi.
“Rossiya, AQSh, Yevropa Ittifoqi davlatlari Suriya bo‘yicha birgalikda yechim qabul qilishlari kerak. Shundagina biz yana tinch yashashimiz mumkin bo‘ladi”, deb aytdi Merkel.
Avvalroq Merkel Suriyadagi ixtilofni hal qilishda Suriya muxolifati manfaatlari hisobga olinishi kerakligini aytgandi.