Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiyada ulkan okean to‘lqinlari generatori yaratildi
Niderlandiyalik muhandislar 4.5 m balandlik va 5 m kenglikka ega suv to‘lqinlari yarata oladigan tajribaviy kompleks yaratishga muvaffaq bo‘lishdi. Olimlarning aytishicha, generator yordami okean to‘lqinlarining muqobillarini yaratish mumkin bo‘ladi.
Bu haqda Science News nashri xabar bermoqda.
Delta Flume generatori 300 m uzunlikdagi suv quyuvchi uskuna bo‘lib, balandligi 9.5 m, kengligi 5 m dir. Uning uchlaridan birida ulkan metall plastina joylashgan bo‘lib, u to‘rtta porshen ta'siri ostida harakatlanib, suv yuzasida to‘lqinlar keltirib chiqaradi.
Generator 5 oktabrda to‘liq ishga tushiriladi. U suv to‘lqinlarining realistik nusxasini hosil qilish imkoniyatini beradi. Bu yo‘l bilan Niderlandiyaning 85 foiz sohillaridagi holat modellashtiriladi.
Delta Flume ishida 35 muhandis ishtirok etdi.