Jamiyat | 10:47 / 03.10.2015
14461
2 daqiqa o‘qiladi

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li Yekaterinburgda IShID xaqida mav'iza qildi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston musulmonlar idorasining imom - xatiblardan tashkil topgan delegatsiyasi ayni kunlarda Rossiya federatsiyasining Yekaterenburg shahrida bo‘lib turibdi. Ular belgilangan rejaga muvofiq, bir qator tadbirlarda ishtirok etishmoqda.

Jumladan, Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li "Imom Al-Buxoriy" jome masjidida juma namozini ado etdi. Qariyib uch yarim mingdan ziyod jamoat bilan ado etilgan juma namozida Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li amru maruf qildi.

Unda islomning mazmun-mohiyati, mo‘minning solih ishlari, dinlararo bag‘rikenglik, qolaversa, butun dunyoda dinimizni qadrsizlantirayotgan IShID va uning qabih ishlari haqida so‘zlandi.

Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston delegatsiya tomonidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Aydarbek Tulepovning “IShID fitnasi” (“Smuta IGILA”) kitobi Yekaterenburg muftiyotiga taqdim etilgan va bu kitob minnatorlik bilan qabul qilingan.


"Shayx Zayniddin" jome masjidi matbuot xizmati / Muxlis.uz