Jahon | 23:05 / 03.10.2015
7620
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya aviaguruhi Suriyada “IShID” ga tegishli 50 ta obektni yo‘q qildi

Rossiya aviaguruhi samolyotlari Suriyada “IShID”ga qarshi operatsiya boshidan beri terrorchilik guruhiga tegishli 50 ta obektni yo‘q qilgan. Ushbu maqchadlarda Rossiya harbiy-koinot kuchlari (HKK) samolyotlari 60 dan ko‘proq parvozni amalga oshirgan. Bu haqda 3 oktabrda Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi Bosh tezkor boshqarmasi boshlig‘i, general-polkovnik Andrey Kartapolov ma'lum qildi.

Kartapolov Rossiya aviatsiyasi nafaqat zarbalar berishni davom ettirishini, balki ularning jadalligini oshirib borishini ma'lum qildi.

Kartapolovning aytishicha, Rossiya HKKning asosiy nishonlari “terrorchilarga tegishli boshqaruv punktlari, o‘q-dorilar va portlovchi qurilmalar omborlari, aloqa uzellari, terrorchi-xudkushlar uchun qurol-aslaha ishlab chiqaruvchi minizavodlar va jangarilarni tayyorlash lagerlari” hisoblanadi.

Rossiya aviatsiyasi 30 sentabrdan boshlab Suriyada “IShID”ga qarshi zarba berishni boshladi. Suriyadagi Rossiya aviatsiyasining tarkibiga 50 dan ortiq samolyot va vertolyot, jumladan Su-24M, Su-25 va Su-34 samolyotlari kiritilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish