Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi: Rossiya harbiy aviatsiyasi Suriyada 60 dan ko‘proq parvoz amalga oshirdi
Rossiya harbiy aviatsiyasi Suriyada “IShID”ning 50 dan ko‘proq obektini nishonga olish maqsadida 60 dan ko‘proq parvoz amalga oshirdi, deb xabar berdi jurnalistlarga 3 oktabrda Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi Bosh tezkor boshqarmasi boshlig‘i, general-polkovnik Andrey Kartapolov.
Rossiya 30 sentabrdan boshlab Suriyada “IShID”ning obektlariga aviazarbalar berib kelmoqda. Nishonlar Rossiya va Suriya razvedkasi ma'lumotlariga tayangan holda tanlanmoqda.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya samolyotlari qurollari fuqarolik obektlariga nisbatan yoki ularning yonida qo‘llanmagani va faqatgina “IShID”ning pozitsiyalariga havo razvedkasi va Suriya armiyasi shtabidan olingan ma'lumotlar bo‘yicha qo‘llanganini ma'lum qilgandi.