Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 16:56 / 03.10.2015
3902
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiyalik tennischilar Toshkentdagi juftlik bahslarida g‘alaba qozondi
Rossiyalik Margarita Gasparyan va Aleksandar Panovalar Toshkentda o‘tkazilgan tennis turnirida juftliklar o‘rtasidagi bahslarda g‘olib bo‘lishdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, turnirning yutuq jamg‘armasi 227 ming dollarni tashkil qiladi.
Finalda juftlik 6:1, 3:6, 10:3 hisobi bilan Vera Dushevina (Rossiya) va Katerina Sinyakova (Chexiya) ustidan g‘alaba qozondi.
O‘yin bir soatdan ortiq davom etdi.