17:23 / 03.10.2015
3959

Saxalindagi siklon tufayli jabrlanganlar soni 24 nafarga yetdi

2 oktabrdan bunyo davom etib kelayotgan Saxalin orolidagi noqulay ob-havo jabrdiydalari soni 24 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi viloyat bo‘limi matubot xizmatiga asoslanib, TASS xabar bermoqda.

"Ayni damda viloyat kasalxonalariga 24 nafar odam joylashtirilgan. Ularning ichida yengil, o‘rtacha og‘ir va bir nafar o‘ta og‘ir jabrdiyda bor”, — deyishdi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasida.

Hudad OAVning ma'lum qilishicha, jabrdiydalar orasida boshiga banner tushib ketgan yosh bola ham bor. Oldin siklon natijasida bir kishi halok bo‘lgani haqidagi xabar ham ma'lum bo‘lagan edi.

Rossiya FVVning Saxalin viloyati boshqarmasi ma'lum qilishicha, hududda noqulay ob-havo sharoiti o‘zgarmagan. Saxalinning qirg‘oqbo‘yi tumanlarida shamol tezligi soniyasiga 33-38 metrni saqlab turibdi. Shimoliy va markaziy tumanlarida kuchli yomg‘ir yoqqan. Shimoliy va markaziy tumanlar qirg‘oqlarida shanba va yakshanba kunlari suv birdaniga 1-2 metrga ko‘tarilishi kuzatiladi. Janubiy Saxalinda 3 oktabr tuniga qadar shamolning tezligi soniyasiga 30 metrni tashkil etadi.

Janubiy Saxalin aeroporti ishlab turibdi, deb ma'lum qiladi aviatashkilot vakili TASSga.

Saxalin viloyati gubernatori Oleg Kojyemyako viloyatning siklon oqibatida zarar ko‘rgan joylarida bo‘ldi.

Rossiya FVVning Amur qutqaruv markazidan 100 nafar qutqaruvchisi Saxalinga yetib kelgan. Bu haqda FVVning hududiy boshlig‘i ma'lum qildi.

Tsiklon natijasida ijtimoiy ahamiyatga molik 863 obekt turli ko‘rinishda zarar ko‘rdi.

Saxalindagi o‘nlab aholi yashash punktlari elektr quvvatisiz qolgan.

Top