06:30 / 03.10.2015
4671

Shimoliy yarimsharda tarixdagi eng iliq sentabr kuzatildi

2015 yil sentabr Shimoliy yarimsharda ob-havo kuzatuvlari olib borilgandan beri tarixdagi eng iliq sentabr bo‘ldi, deb xabar bermoqda Rossiya Gidrometmarkaziga iqtibos keltirgan holda “Interfaks” axborot agentligi.

“Rossiya Gidrometmarkazida o‘tkaziladigan iqlimning tezkor monitoringi ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yil sentabr Yerning Shimoliy yarimsharida sayyorada olib borilgan meteorologik kuzatuvlarning 125 yillik tarixida eng iliq sentabr bo‘ldi. Sentyabrda  havoning o‘rtacha harorati 2005 yilda o‘rnatilgan rekord ko‘rsatkichdan oshib, me'yordagidan 1 gradusdan ko‘proqqa oshdi”, deb aytdi markazning bosh mutaxassisi Marina Makarova.   

Makarovaning ta'kidlashicha, o‘rtacha oylik harorat 5 oydan beri rekord ko‘rsatkichga erishmoqda.

Top