Jamiyat | 00:26 / 03.10.2015
3954
1 daqiqa o‘qiladi

Sibir bojxonasida “Qizil kitob”ga kiritilgan ikki mingga yaqin cho‘l toshbaqasi ushlab qolindi

Qozog‘istondan noqonuniy ravishda keltirilgan, “Qizil kitob”ga kiritilgan 2 mingga yaqin cho‘l toshbaqasi Rossiyaga olib kirilayotganda Sibir tezkor bojxonachilari tomonidan ushlab qolindi. Bojxonaning ma'lum qilishicha, bu jinoyatni sodir etganlarga yetti yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Hayvonlarning o‘tacha yoshi 2 yoshdan 5 yoshgacha, kosasi diametri esa 15 sm. ni tashkil etadi. Olib ketilayotgan hayvonlarning umumiy og‘irligi 400 kg. bo‘lgan. Yukni olib ketayotganlarda yukning xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlar va veterenar sertifikati bo‘lmagan.

Hayvonlar Novosibirsk hayvonot bog‘iga keltirilgan. Hozirda ular o‘zini yaxshi his qilmoqda. Ularning keyingi taqdiri noma'lumligicha qolmoqda.