Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada harbiy harakatlar olib borayotgan Rossiya HHK samolyotlari AQSh matbuoti nazariga tushdi
Rossiya hukumatining “IShID” xalqaro terrorchilik tashkilotiga qarshi urush ochishi munosabati bilan uning ko‘pfunksiyali Su-30SM va qiruvchi-bombardimonchi Su-34 samolyotlariga qiziqish kuchayib ketdi. Shu va shunga o‘xshash harbiy vositalar jangarilarga qarshi kurashda Suriya armiyasiga katta yordam berishi mumkin, deb yozadi Amerika OAVlari.
The National Interest nashrining yozishicha, Suriyadagi IShID jangarilariga qarshi harakatlarda Su-25SM zirhli hujumchi samolyoti g‘olib chiqishi mumkin.
Su-25SM xuddi amerikalik izdoshi singari qo‘shinni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus loyihalashtirilgan. Su-25SMning uchuvchi o‘tiruvchi xonasi oynalari zirhdan iborat va u turli qatlamlarga ega. The National Interest’ning yozishicha, Rossiya HHK Su-25SM’ni har tomonlama modernizatsiya qilgan. Bu ishlar doirasida zirhli oynalar, GLONASS navigatsiya yo‘ldoshli tizimi, yuqori aniqlikda qurollarni boshqara oladigan zamonaviy avioniklar bilan jihozlangan.
“Rossiya samolyotlari cho‘chiydigan yagona narsa, – ularning o‘rta balandlikda uchishidir. Bu ularning “IShID” og‘ir artilleriyasi nishoniga aylantirishi mumkin. Agar Rossiya havo kuchlari va Suriya hukumat kuchlari birgalikda aniq harakat olib borishsa, samarali ish amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi”, deb qo‘shimcha qildi nashr.
“Rossiyaning Suriyada olib borayotgan kampaniyasining bosh qahramoni 100 foiz Su-25SM bo‘lishi aytilmoqda.
O‘nlab mana shunday mashinalar olib borilayotgan harakatlarning muvaffaqiyatini ta'minlashga xizmat qiladi”, deb yozadi muallif.
The National Interest’ning ta'kidlashicha, Rossiya aviatsiyasi operatsiyalarida Su-24 bombardimon samolyoti ham muhim rol o‘ynashi mumkin. U asosan jangarilar bilan qurshalgan tumanlarda faol harbiy harakatlar olib borishi mumkin.