Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi dzyudo bo‘yicha musobaqada o‘zbekistonlik 15 sportchidan 4 nafari medallar uchun kurashni davom ettirmoqda
Toshkentda davom etayotgan dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasida og‘ir vaznli polvonlar bellashuvlariga kirishgan o‘zbekistonlik 15 polvondan ayni damda 4 nafari medallar uchun kurashni davom ettirmoqda. Bu haqda Sports.uz sayti yozmoqda.
Qizlardan Kumush Yo‘ldosheva (-78 kg), Saneoyim Erkinboyeva hamda Rahima Yo‘ldosheva (ikkalasiyam +78 kg) dastlabki uchrashuvdayoq mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsalar, Dilshod Choriyev (-90kg) va Avazxon Toymurodov (-100 kg) bugun shohsupaga ko‘tarila olishmadi.
Faqatgina Sherali Jo‘rayev (-90 kg) hamda Soyib Qurbonov (-100 kg) oltin medallar uchun kurashni davom ettirsalar, Ramziddin Saidov (-100 kg) va Elyor Masharipov (+100 kg) bronza medali uchun o‘tish musobaqsida qatnashadi.