Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 11:18 / 03.10.2015
3832
1 daqiqa o‘qiladi
Yaman Eron bilan diplomatik munosabatlarni uzgani haqidagi axborotni rad etdi
Yaman hukumati Eron bilan diplomatik munosabatlarni uzgani haqidagi axborotni rad etdi, deb xabar bermoqda Yaman hukumati vakili Rajoh Badiyga iqtibos keltirgan holda Associated Press axborot agentligi.
“Eron bilan munosabatlarning uzilishi Yamanning eng muhim manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydi”, deb aytdi Badiy.
Avvalroq mahalliy OAVlar Yaman hukumati Eron bilan diplomatik munosabatlarni to‘xtatganini ma'lum qilgandilar. Taxminlarcha bu qaror Tehron xusiychilarni qo‘llab-quvvatlashi sababli qabul qilingan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish